Farg‘onada erkak terak kestirayotgan ayolni urib o‘ldirib qo‘ydi

Jamiyat

image

Kecha, 14 fevral kuni Farg‘ona viloyatida terak daraxtlari kesilishi ortidan janjal chiqdi va oqibatda bir ayol vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro Sh.O.(ayol) Farg‘ona shahar Jo‘ydam MFYda joylashgan ekin yer maydoni chetidagi terak daraxtlarini kestirayotgan vaqtida, ushbu yer maydonining sobik egasi fuqaro E.U. teraklar unga tegishli ekani xususida janjallashib ketgan. 

Janjal davomida E.U. ayolning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan birinchi tez-tibbiy yordamga qaramasdan ayol shifoxonada vafot etgan.

Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limiga bosh qismidan olgan og‘ir tan jarohatlari sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan  E.U.ga nisbatan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish)1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.  Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 2003 yilda tug‘ilgan ayol vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing