Farg‘onada erkak taksi haydovchisining mashinasini pachoqladi (video)
3-sahifa
−
02 avgust 2023
12666Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar shaxs o‘zaro janjallashayotgani, biri ikkinchisining mashinasini pachoqlagani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holatga Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 1 avgust kuni Farg‘ona shahrida fuqaro Sh.S. taksi buyurtma qilgan hamda buyurtmani 2002 yilda tug‘ilgan I.R. qabul qilib, birozdan so‘ng Cobalt mashinasida Sh.S. turgan ko‘chaga yetib kelgan.
Biroq fuqaro Sh.S. haydovchi I.R.ning telefon apparati o‘chib qolganidan va uning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan jahli chiqib, u bilan o‘zaro janjallashgan. Shuningdek, u I.R.ning avtomashinasi oynalarini tosh bilan urib sindirgan.
Hozirda holatning barcha ishtirokchilari shaxsiga oydinlik kiritilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, mulkka yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha, tegishli tartibda ekspertiza tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida haydovchi yo‘l-patrul xizmati xodimini urib, burnini sindirgandi.
LiveBarchasi