Farg‘onada erkak xotinini ayovsiz urdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida erkak xotinini vahshiylarcha kaltakladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 7 may kuni Qo‘qon shahar Ahillik ko‘chasidagi xonadonda sodir bo‘lgan. Fuqaro M.O. turmush o‘rtog‘i G.S.ni boshqa bir erkakdan rashk qilib, u bilan yaqin munosabatda bo‘lganligini tan olishini so‘ragan. G.S. boshqa erkak bilan gaplashmaganligini aytishiga qaramasdan M.O. ayolini urib, unga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda ayol shahar tez-tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga murojaat qilgan.

Mazkur holat Qo‘qon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Dastlabki ekspertiza  ma’lumotnomasida fuqaro G.S.da o‘ng ko‘z atrof qovoq, chakka, yanoq, chap ko‘z atrof qovoq yanoq, bo‘yin o‘ng yon yuzasidan o‘ng chakka suyak sohalarida, ko‘krak qafasi orqa yuzalarida, o‘ng va chap boldirida katta hajmdagi qon talashlari bo‘lib, yengil tan jarohatlari toifasiga kiradigan tashhisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi 3-qismi, ya’ni oilaviy zo‘ravonlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona IIB Qo'qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing