Farg‘onada er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 51 yoshli erkak va uning 49 yoshli turmush o‘rtog‘i is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bugun, 21 noyabr kuni Qo‘qon shahar “Amirqulmergan” MFYda yashovchi 51 yoshli S.K. va uning 49 yoshli turmush o‘rtog‘i X.K. yashash xonadonining yotoqxonasida is gazidan zaharlanib vafot etgan. 

Shifoxona tomonidan taqdim etilgan dastlabki xulosada ham ularning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan. 

“Hozirda marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, deydi Shamsutdinov.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona er-xotin is gazi Qo'qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing