Farg‘onada Cobalt velosipedchini urib yubordi. Qurbon bor

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 21 aprel kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida Sobalt rusumli avtomobil yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, fuqaro X.I. Sobalt rusumli mashinasini Rishton tumani "Bo‘ston" MFY hududida boshqarib ketayotganda qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan Q.U. ismli shaxsni urib yuborgan.     

Ma’lum qilinishicha, Q.U. tan jarohati olishi oqibatida shifoxonada vafot etgan.       

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing