Farg‘onada cho‘milishga borgan 3 nafar bola cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 5 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi fermer xo‘jaligi yer maydonida joylashgan sun’iy suv havzasiga cho‘milish uchun tushgan uch nafar voyaga yetmagan bola ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

"Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qolamiz", deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 30-maktabning 6-sinf o‘quvchilari dars vaqtida cho‘milishga borib, ulardan biri vafot etgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Oltiariq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing