Farg‘onada chaqalog‘ini 10 ming dollarga sotayotgan ayol ushlandi (video)
3-sahifa
−
16 aprel 2023
7129Farg‘onada ayol 8 oylik chaqalog‘ini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Farg‘ona shahar “Yangi asr” ko‘chasidagi massajxonada yashab, shu yerda ishlagan. U o‘z bolasini sotib, evaziga tushgan puldan uy olmoqchi bo‘lgan.
Olib borilgan tezkor tadbirda Uchko‘prik tumani “Katta Kenagas” qishlog‘ida ayol farzandini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
“Uyim yo‘qligi sababli bolamni 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldim. Qilgan ishimdan afsusdaman”, deydi ayol.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qoraqalpog‘istonlik ayol Qozog‘istonda farzandlarini sotib yuborgandi.
LiveBarchasi