Farg‘onada bozorchilar janjal ko‘tarib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 19 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida sotuvchi ayollar joylari tortib olinganligi sababli yo‘lni namoyishkorona to‘sib, mashinalar harakatini to‘xtatib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Qumtepa mahallasidagi bozorda savdogarlar belgilangan tartibni buzib, transport uchun mo‘ljallangan avtoturargohda yo‘lovchi tashuvchi avtotransportlar va fuqarolarning o‘tish yo‘laklarini to‘sgan holda savdo qilgan. Tuman hokimligi va bozor ma’muriyati tomonidan ularga ichkarida savdo qilish taklif etilib, bir necha bor ogohlantirilgan. Biroq savdogarlar ogohlantirishga qaramay savdoni belgilangan tartibga zid ravishda davom ettirgan.

Bozor ma’muriyati tomonidan joriy yilning 14 may kuni savdogarlarga avtoturargoh hududida savdo qilish ta’qiqlanganidan so‘ng, bir necha nafar ayollar yo‘l harakatini noqonuniy ravishda berkitishga urinib, omma e’tiborini o‘zlariga qaratgan. Voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tomonidan mazkur holat zudlik bilan bartaraf etilib, barcha ishtirokchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Jamoat tartibini buzishga targ‘ib qilgan va xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan 5 nafar fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-(ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) va 201-moddalariga (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) asosan javobgarlikka tortilib, sud tomonidan jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Qo‘shminor” mahallasi hududida joylashgan patir-non savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘rtasida janjal bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal bozor Farg'ona namoyish Qo'shtepa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing