Farg‘onada bozor nazoratchisi bilan janjallashgan fuqaro qamaldi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida bozor nazoratchisi bilan janjallashib, uni xaqorat qilgan fuqaroga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 28 mart kuni Uchko‘prik tumanida yashovchi Sh.Ch. tuman dehqon bozorida nazoratchi A.Yu. bilan kartoshka narxi bahonasida janjallashgan. Nazoratchini jamoyat joyida uni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan huquqbuzarlik sodir etgan.

Unga nisbatan to‘plan hujjatlar 31 mart kuni Uchko‘prik tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, Sh.Ch. ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, o‘n ikki sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi karantin sharoitida fuqarolarni o‘zaro hurmat bilan munosabatda bo‘lishga, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal bozor Farg'ona

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing