Farg‘onada bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘onada bir erkak va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, hodisa kecha, 1 mart kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Obodon ko‘chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Mazkur uyda yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan erkak va uning 2 nafar farzandi (o‘g‘il va qiz) is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, qiz 2012 yilda, o‘g‘il esa 2013 yilda tug‘ilgan bo‘lgan.

Fojiaga marhumlar istiqomat qilgan xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Vafot etganlarning o‘limi bo‘yicha sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlanib, ulardan 5 nafari vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura Farg'ona is gazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing