Farg‘onada bir oilaning 6 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
27 yanvar
9293Farg‘onada bir oilaning 6 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Kecha, 26 yanvar kuni soat 12:30 larda Marg‘ilon shahar, “Vatan” MFY, B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning bir xonadonida istiqomat qilib kelgan, er-xotin N.M. (1967) va Z.M. (1970), ularning qizi D.I. (1994), 2017, 2019, 2021 yilda tug‘ilgan nabiralari yashash xonadonida is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Ko‘zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadon uch xonadan iborat bo‘lib, xonadonning yopiq ayvon (balkon) qismiga o‘rnatilgan, chet elda ishlab chiqarilgan “Vaillant” rusumli isitish qozoni (kotyol)dan tashqariga chiqarilgan mo‘risi qo‘lbola, polietilendan ishlangan bo‘lib, mo‘rini xonadan tashqariga chiqish qismidagi bir-biriga kirishgan joyi qizish hisobiga ochilib qolishi oqibatida xonaga is gazi to‘planib qolgani aniqlangan.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, ko‘zdan kechirishda isitish qozoni (kotyol)dan nostandart holatda mo‘ri tashqariga chiqarilgani va polietilendan ishlangan mo‘ri qizishi oqibatida kirishgan joyidan chiqib ketishi is gazini xonadon ichkarisiga tarqalishiga sababchi bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasida marhumlarning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish, o‘tkir yurak-nafas yetishmovchiligi oqibatida yuzaga kelgani ko‘rsatilgan.
Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonda o‘zbekistonlik ayol is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
LiveBarchasi