Farg‘onada bir guruh shaxslar do‘konni vayron qilib, yoqib yubordi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarida Farg‘ona shahrida joylashgan “Baraka burger” do‘konining oynalari sindirilgan holda yoqib yuborilgani tasvirlangan videoxabar tarqaldi. Viloyat IIB holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 5 oktyabr kuni E. va uning tanishlari hamda O. va boshqalar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli, jamoat joyida bir-biriga tan jarohati yetkazishgan. Shundan so‘ng, E.va uning sheriklari bezorilik xatti-harakatlarini davom ettirib, o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish maqsadida O.ga tegishli bo‘lgan "Baraka burger " do‘konining oynalarini sindirib, yong‘in chiqargan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovga kirishilgan.

Jinoyat ishi doirasida E. ismli shaxs Jinoyat kodeksining 277 (bezorilik) hamda 173-moddalari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan hamda O. ismli shaxs 277-modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan bo‘lib, hozirda qolgan ishtirokchilarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Tergov davomida ishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Jinoyat ishining tergovi Farg‘ona viloyati prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olingan.

Tergov yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha xabar beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona bezorilik

Baholaganlar

452

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing