Farg‘onada bir ayolni 4 kishi bo‘lib zo‘rlaganlarga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
21 avgust 2023
23275Avvalroq Farg‘onada 31 yoshli ayol 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 17 avgust kuni mazkur holat yuzasidan ablanuvchilarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 17 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Beshariq tuman sudida sudlanuvchilar 28 yoshli, muqaddam sudlangan M.Y., 24 yoshli D.Y., 39 yoshli A.S. hamda 34 yoshli S.S.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, M.Y. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 2-qismi “v” bandi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 1-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilgan hamda unga nisbatan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, D.Y. va A.S. JKning 118-moddasi 2-qismi “v” bandi va 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biri 8 yil, S.S. JKning 118-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Yangihayot tumanida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirganlikda ayblangan erkakka umrbod qamoq jazosi belgilan edi.
LiveBarchasi