Farg‘onada bankirlar qo‘shma korxonaning 1,5 mlrd so‘m mablag‘larini o‘zlashtirib yubordi 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada “Agrobank” mansabdorlari omonatchining 600 mln so‘m mablag‘ini bankka kirim qilinmasdan, o‘zlashtirib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Bank matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, bankning ichki audit xizmati tomonidan Farg‘ona filialida o‘tkazilgan audit tekshiruvlari davomida filial boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelgan X.O. va boshqalar 2023 yilning 13 fevral kuni bankka 600 mln so‘m pul topshirgan omonatchining ushbu pul mablag‘larini 2023 yilning 7 martida boshqa maqsadlarda chiqim qilib, omonatchining plastik kartasiga o‘zlarining pullaridan bank orqali oyma-oy pul o‘tkazib kelib, o‘zlariga ishonib topshirilgan pul mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgani aniqlangan.

Shuningdek, ichki audit xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda bankning sobiq mas’ul filial xodimlari “F.O” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasining 1,5 mlrd so‘m mablag‘lari qalbaki hujjatlar asosida o‘zlashtirib yuborgani ham ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, tekshiruv davomida bankning sobiq mansabdor shaxslari tomonidan kunlik kassa hujjatlari ma’lumotlarini soxtalashtirish yo‘li bilan 1,8 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborilganligi fosh etilgan.

Ichki audit tekshiruvlari davomida aniqlangan kamomad va talon-toroj holatlari bo‘yicha prokuratura organlariga hujjatlar taqdim etilgan. 

Mazkur hujjatlar asosida bankning Farg‘ona filiali sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudiga yuborilgan, ish 27 dekabr kuni ko‘rilib, sudning hukmiga asosan X.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a, g” bandi va boshqa moddalari bilan tegishli jazolar tayinlangan va yetkazilgan zararlar aybdorlardan undirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing