Farg‘onada bank boshqaruvchisi 3500 dollar pora bilan ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Farg‘onadagi aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Qo‘qon filiali boshqaruvchisi fuqarodan 3500 dollar miqdorida pora olayotganda qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, bank boshqaruvchisi mahalliy xususiy korxonaga ajratilgan kreditdan bo‘lgan 62 million so‘m qarzdorlikni so‘ndirib berish hamda ushbu qarzdorlik bo‘yicha qo‘yilgan ta’qiqni bekor qilinishi uchun Majburiy ijro byurosiga xat qilib berish evaziga fuqarodan 3500 dollar talab qilgan.

U mazkur mablag‘ni olgan vaqtida DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168- (firibgarlik) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing