Farg‘onada ba’zi hokimlar noqonuniy qarorlar qabul qilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining ayrim tuman hokimlari noqonuniy qarorlar qabul qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida Farg‘ona viloyatida ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy organlar qarorlarini haqiqiy emas va mansabdor shaxslarning harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish bo‘yicha 570 ta ish ko‘rib chiqilgan.

Tahlillar natijasiga ko‘ra, quyidagi tuman va shahar hokimlari tomonidan qarorlar qabul qilishda qonun hujjatlari talablariga yetarli darajada rioya etilmaslik holatlariga yo‘l qo‘yilgan:

•  Farg‘ona tumani hokimining 7 ta;
•  Beshariq tumani hokimining 6 ta;
•  Uchko‘prik tumani hokimining 5 ta;
•  Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Quva tumani hokimlarining 4 tadan;
•  Dang‘ara, Yozyovon, Rishton tumanlari hokimlarining 3 tadan;
•  Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlari hokimlarining 2 tadan;
•  Buvayda, Oltiariq va Toshloq tumanlari hokimlarining 1 tadan qarorlari sud tomonidan haqiqiy emas yoki harakat yoki harakatsizligi qonunga xilof deb topilgan.  

Shuningdek, ma’muriy sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishda aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarga nisbatan 65 ta xususiy ajrim, 2 ta taqdimnoma chiqarilgan hamda qonunbuzilish holatlari yuzasidan tekshirish o‘tkazish va qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha prokuratura organlariga 16 ta xabarnoma yuborilgan.

Bundan tashqari, mahalliy hokimliklarning qarorlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga nisbatan kelib tushgan arizalar bo‘yicha jami 195 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 46 tasi qanoatlantirilgan, 112 tasi rad qilingan, 17 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 20 tasi ish yuritishdan tugatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona tuman hokimlari noqonuniy qarorlar viloyat sudlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing