Farg‘onada ayolning mashinasidan yarim kg “gashish” topildi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida ayol yarim kilogramm “gashish”ni olib ketayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, Oltiariq tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan ayol Onix avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Shundan so‘ng uning mashinasi Ichki ishlar bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan. 

Xabarga ko‘ra, jarayonda ayolning avtomashinasidan sof og‘irligi 504 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasi topilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-(giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda “opiy”ni mashina motoriga yashirgan haydovchi ushlangan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona Ichki ishlar “gashish”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing