Farg‘onada ayol fuqaroni shantaj qilib, $2 ming talab qildi
3-sahifa
−
14 iyul 2022 9071 1 daqiqa
Farg‘onada fuqaroni obro‘sizlantiruvchi video va rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, 2000 AQSH dollari talab qilgan ayol ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bergan.
Qayd etilishicha, D.M. ismli ayol fuqaro E.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan rasm va videolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatib yuborishi bilan qo‘rqitgan.
Ularni tarqatib yubormaslik uchun esa ayol fuqarodan 2 ming AQSH dollarini talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025