Farg‘onada aliment to‘lamagan ota qo‘lga olindi
3-sahifa
−
22 iyun
3621Farg‘onada 10 yil davomida farzandiga aliment to‘lashdan qochib yurgan ota qo‘lga tushdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga ko‘ra, Farg‘ona shahrida yashovchi A.T.dan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2018 yil may oyidagi sud buyrug‘iga asosan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor ota aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlab qochib yurganligi sababli unga nisbatan 2022 yilning yanvar oyida qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlariga ko‘ra, qarzdor ota 2014 yil fevral oyida Rossiya davlatiga chiqib ketgani aniqlangan.
2024 yil iyun oyida Rossiya davlatidan qaytgan qarzdor ota Farg‘ona shahridan topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.
“Qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga(voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) asosan qonuniy chora ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jarimalar va alimentdan qarzini to‘lamagan fuqaroning Kia’si xatlangandi.
LiveBarchasi