Farg‘onada Afg‘onistondan 4 kilodan ortiq “gashish” olib o‘tgan aka-ukalar ushlandi (video)
3-sahifa
−
18 mart 1927 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida aka-ukalardan 4 kilogramm 463 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari hamkorligida Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1989 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroga tegishli sumka xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rilgan.
Natijada sumka ichida 5 bo‘lakdan iborat jami 4 kg 463 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan, uning 1990 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan ukasi ham protsessual tartibda ushlangan.
Aniqlanishicha, aka-ukalar Afg‘onistondan O‘zbekistonga kontrabanda qilingan ushbu narkotik moddani Farg‘ona viloyatida sotishni rejalashtirgan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida jamoat transportida giyohvandlik vositasi sotayotgan avtobus haydovchisi qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi