Farg‘onada 856 mln so‘mlik daraxtlar kesildi. Prokuratura 1 oydirki ish ochmayapti
Jamiyat
−
08 avgust 2022
4816Joriy yilning 4 iyul kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari “Qirqketmon” MFYda 57 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, daraxtlar kesilayotgani ma’lum bo‘lgach, viloyat Ekologiya boshqarmasi mas’ullari O‘zbekiston tuman “Qirqketmon” MFY hududiga yetib borgan. Elektr tarmoqlari xodimlari shamol esishi natijasida elektr simiga tegib, inson xayoti va sog‘ligiga xavf solayotgan manzarali va mevali daraxtlarni xech qanday ruxsatnomasiz o‘zboshimchalik bilan kesayotgani aniqlangan va jarayon to‘xtatilgan.
Elektr tarmoq korxonasi xodimlari “Qirqketmon” MFY hududida noqonuniy ravishda 48 to‘p ko‘p yillik sosna, 9 tup shumtol va 30 tupdan ortiq mevali daraxtlarni ostidan kesib tashlagani aniqlanib, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar summasi 43 410 000 so‘mga baholangan.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningg 2019 yil 17 yanvardagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydlanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 43-son qarorining 49-bandida “Yetkazilgan zararni undirish, ushbu nizomga 4-ilovada keltirilgan bitta daraxt va butani kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdorining eng kam oylik ish xaqqi miqdoriga nisbatan koeffitsentlariga asosan, ya’ni kam qimmatli daraxtlar turi uchun 5 (besh) baravarga, qimmatli yog‘ochbop daraxtlar uchun 10 baravarga, 100 (yuz) yoshdan oshgan daraxtlar uchun esa 20 baravarga ko‘paytirish bilan hisoblanadi” deb belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi farmonining 2-a-bandiga asosan, daraxt va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llanilib, 43 410 000 so‘mlik zarar qayta xisoblanganda 856 500 000 so‘mni tashkil qilgan.
Hozirda tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga takdim etilgan. Biroq Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Matbuot kotibining QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha materiallar prokuraturaga topshirilganiga 1 oy bo‘lganiga qaramay, hamon ish ochilmagan.