Farg‘onada 800 mln so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilindi
Jamiyat
−
19 yanvar 2021
3048Oltiariq ko‘mir ombori sobiq mudiri 1566 tonna ko‘mir mahsulotlarini sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ko‘mir ta’minot” MCHJga qarashli Oltiariq ko‘mir ombori sobiq mudiri M.M. o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan, umumiy qiymati 807,1 mln so‘m bo‘lgan 1566 tonna ko‘mir mahsulotlarini sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi