Farg‘onada 77 yoshli keksani do‘pposlagan erkak 17 mln so‘m jarima to‘ladi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida 46 yoshli erkak A.V. 77 yoshli keksa kishi A.A. ni jamoat joyida do‘pposlab, tan jarohati yetkazgani uchun sud tomonidan 17 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikkala shaxs ham qarindosh bo‘lib, A.V. mast holda A.A. ni bozorda uchratib qolgan. Suhbat davomida A.A. “Xotiningni bir o‘zini umra ziyoratiga jo‘natdingmi?”, deb so‘raydi. Bu savol esa A.V.ning jahlini chiqarib, qariyani do‘pposlashiga sabab bo‘ladi.

“Sud qaroriga ko‘ra, A.V.ga 17 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limiga kelib tushgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochilari A.V. bilan ko‘plab tushuntirish ishlarini olib bordi. A.V. avvaliga jarimani to‘lashdan bosh tortib, “qariyaga dori-darmon olib bergani”ni bahona qildi”, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, davlat ijrochilarining qat’iy harakatlari natijasida A.V. joriy yilning yil 24 aprel kuni jarimani to‘liq to‘lagan va ijro hujjati amalda tamomlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘chada 18 yoshli qiz sevgan 22 yoshli yigiti tomonidan kaltaklangandi. Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Yozyovon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing