Farg‘onada 700 mln dollarlik quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida qiymati 700 million dollarlik yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ushbu loyihani rejalashtirayotgan Xitoyning Liaoning Lide kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda yozilishicha, kompaniya boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Szinmin, Loyihalar departamenti rahbari Syao Chunxun hamda O‘zbekiston filiali direktori Chjou Junkan bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyat hududida loyiha taxminiy qiymati 700 million AQSH dollariga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etish loyihasi muhokama qilingan.

Shuningdek, xitoylik mehmonlar Farg‘ona vodiysidagi qayta tiklanadigan energetikaning birinchi loyihasi uchun bank kreditlari emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish rejalashtirilganini ma’lum qilib, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yil muddatda sotib olishi uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga eng maqbul tariflarni taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing