Farg‘onada 6 mlrd so‘mlik noqonuniy iPhone 15 va boshqa smartfonlar ushlab qolindi (video)
Jamiyat
−
20 Oktabr 2023
6011Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va viloyat DXX va IIB xodimlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazildi. Natijada noqonuniy yo‘l bilan olib kirilayotgan umumiy qiymati 6 milliard so‘mga yaqin uyali aloqa vositalari ushlab qolindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirishda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Ushbu avtotransport vositasining saloni va yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 24 turdagi 550 ga yaqin uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan. Smartfonlarning dastlabki qiymati 5 mlrd 788,9 mln so‘m deb baholangan.
Bildirilishicha, ular orasida 250 ga yaqin “iPhone 15 Pro" va “iPhone 15 Pro Max”, shuningdek, 100 ga yaqin “Samsung galaxy S23 Ultra" va “Samsung galaxy S23 FE” rusumli uyali aloqa vositalari bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Abay viloyatida Ichki ishlar xodimlari 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosini sintetik giyohvand moddalar bilan qo‘lga oldi.
LiveBarchasi