Farg‘onada 41 nafar bog‘cha bolasi zaharlangani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 41 nafar bolalar zaharlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati prokuraturasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 18:00 larda Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasiga tumandagi 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 8 nafar voyaga yetmagan fuqarolar alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimining buzilishi) birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.

Shuningdek, 15 sentyabr kuni 33 nafar qayd qilingan muassasa tarbiyalanuvchilarning ota-onalari farzandlarini salomatligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan. 

Ularda qayd qilingan kasallik alomatlari aniqlanmagan, 20 nafari kuzatuv ostida shifoxonada qoldirilib, 13 nafari shifoxonadan chiqarilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, ekpertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.

Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing