Farg‘onada 40 ming dollarga “gashish” sotayotgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

−

image

Farg‘ona viloyatida 4 kilogramm “gashish”ni 40 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1991 yilda tug‘ilgan Beshariq tumani fuqarosi xaridorga to‘rt bo‘lakdan iborat, umumiy og‘irligi 4 kilogramm bo‘lgan “gashish”ni sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan giyohvandlik vositasining qora bozordagi qiymati 480 million so‘mga baholangan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanida daraxtlar orasiga yashirilgan 95 kilogrammga yaqin “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing