Farg‘onada 4 kishi mudhish YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 26 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizigi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH sot 19:30 larda Oltiariq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-112 “Farg‘ona xalqa” avtomobil yo‘lining 241-kmda yuz bergan. Rishton tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan I.B. Nexia rusumli avtomobilida, shu yo‘nalishda orqaga qayrilish maqsadida to‘xtab turgan, haydovchi Rishton tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Yu.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilini orqa tomoniga urilgan. To‘qnashuv zarbidan Yu.M boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan va qarshisidan kelayotgan, haydovchi Rishton tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan I.A. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

1

YTH oqibatida Yu.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilining to‘rt nafar yo‘lovchilari shifoxonada vafot etgan.

Avvalroq, Toshkentning Chilonzor tumanida 4 mashina ishtirokidagi ayanchli YTHda 1 yoshga ham to‘lmagan qiz qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

88

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing