Farg‘onada nosoz attraksion ayol o‘limiga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image

Farg‘ona shahrida 32 yoshli ayol attraksionda uchayotgan vaqtida fojia qurboni bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshloq tumani, Arabmozor MFY., Arabmozor ko‘chasi, 13-uyda yashagan 06.12.1987 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Yusupova “Al-Farg‘oniy” istiroxat bog‘idagi Booster max nomli attraksionda uchib harakatlanayotgan vaqtida attraksionni chap yon tomonidagi boltlar bilan maxkamlangan qismi o‘z o‘rnidan bo‘shab, N.Yusupovaning bosh qismiga tushib ketgan. Natijasida fuqaro tan jarohati olib RSHTYOIMFFga olib borilgan va unga ko‘rsatilgan  yordamga qaramasdan, vafot etgan.

N.Yusupova o‘limi sababini aniqlash maqsadida tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasida o‘limga kalla miya ochiq to‘mtoq shikasti, kalla gumbaz va asos suyaklarini parchalanib sinishi, bosh miya moddasini gemmoragik lat yeyishi, bosh tepa sohasida archilgan yara  sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Booster max attraksioni “Al-Farg‘oniy” istiroxat bog‘ida 2019 yilning dekabr oyida o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona attraktsion

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing