Farg‘onada 30 kg “ko‘knori”ni tomorqasida saqlayotgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
30 may 1175 1 daqiqa
Joriy yilning 20 may kuni Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirda o‘z tomorqasida 24 tup “ko‘knori” yetishtirayotgan va qariyb 30 kg “ko‘knori” hosilini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bag‘dod tumani Tuvadoq mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisi ko‘zdan kechirilganda gulzorida jami 24 tup “ko‘knori” o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Bundan tashqari, fuqaroning yashash xonadoniga tutash bo‘lgan tomorqasi ham ko‘zdan kechirilgan vaqtda 29 kg 701 g “ko‘knori” o‘simligini boshoqlari bilan birga saqlab kelayotgani aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirilgan va tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z uyining tomorqasida jami 300 tupdan ortiq bo‘lgan giyohvandlik o‘simliklari parvarishi bilan shug‘ullanib kelayotgan ikki shaxs qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi