3 yashar o‘g‘lini 4000 dollarga sotayotgan farg‘onalik ayol ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida ayol 3 yashar bolasini 4 000 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ldi. Toshkent viloyati IIBBning xabar berishicha, bu uning uchun birinchi holat emas.

Joriy yilning 24 yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Malika Qurbonova (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Qo‘qon shahrida yashovchi tanishi 1978 yilda tug‘ilgan Zaynab Xolova bilan birgalikda (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Nurafshon shahriga kelib Qurbonovaning 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘li (A.A.) ni shartli xaridorga 4 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida M.Qurbonova avval ham shu kabi holatni sodir etib, uchinchi farzandi 2016 yilda tug‘ilgan o‘g‘li (M.Q.)ni moddiy manfaat evaziga berib yuborganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqarolar M.Q. va Z.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tadbir so‘ngida 2018 yilda tug‘ilgan A.A.ning salomatligi ko‘rikdan o‘tkazilib, otasiga qaytarilgan. Suhbat davomida bolaning otasi: ayoli M.Q. uni aldab bolasini uydan olib chiqib ketganini, bundan xabari bo‘lmaganini va qattiq taassufda ekanligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing