Farg‘onada 3,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonun buzilish holati aniqlandi
3-sahifa
−
14 aprel 2023
5820Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 3 mlrd 494 mln so‘mlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida Yozyovon tumanida yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida ichki xo‘jalik yo‘llarida amalga oshiriladigan joriy ta’mirlash ishlari uchun olinadigan TIB-B M-1 markali asfalt sotib olish maqsadida tanlov tashkil qilingan.
Davlat xaridida ishtirok etgan bitta manzilda faoliyat yurituvchi 2 ta MCHJning rahbari va ta’sischisi bir kishi ekani ko‘rinib turgan bo‘lsada, mavjud holatga yetarlicha baho berilmasdan va nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi o‘rganilmagan.
Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida Agentlik tomonidan 2023 yil 10 aprel kuni buyurtmachiga taqdimnoma kiritilgan hamda qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga yuborilgan.
Agentlikning taqdimnomasiga binoan Yozyovon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2023 yil 11 aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan.
Shohjahon Majitov
LiveBarchasi