Andijonda opasiga tajovuz qilgani uchun uka o‘z otasini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Joriy yilning 7 iyun kuni soat 17:30 atrofida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Tong massividan oqib o‘tuvchi "X-4" nomli kanalning kichik suv dambasidan shaxsi noma’lum murda qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Murdaning shaxsini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasining ekspert-kriminalist mutaxassislari ishtirokida uning barmoq izlari tekshirilganda, murda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi 1968 yilda tug‘ilgan I.Sh. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Tezkor-tergov guruhi tomonidan Andijon viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tarbirlari davomida, ushbu jinoyat marhumning o‘g‘li 2002 yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan sodir etilganligi fosh etildi.

Ta’kidlanishicha, marhum I.Sh. muntazam spirtli ichimliklar ichib, 1990 yilda tug‘ilgan to‘ng‘ich farzandi X.M.ga (ayol) nisbatan doimiy ravishda shahvoniy tajovuzlar qilib kelgan. 

Bu haqda ayol Rossiyada ishlayotgan vaqtida u bilan birga bo‘lgan ukasi A.X.ga aytgan. Bundan g‘azablangan A.X. hech kimga xabar bermasdan, shu yilning 28 may kuni Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga qonuniy tartibda kirib kelgan. Shu kuni tunda yashash xonadoniga kelib, yotoqxonada bo‘lgan otasi I.Sh.ni qo‘llarini bog‘lab, pichoq bilan hujum qilgan hamda bo‘yin sohasini kesib, qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng A.X. sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida otasining murdasini avtomashinaga yuklab, Andijon viloyati Baliqchi tumani “Yurtobod” MFY hududidan oqib o‘tgan "Katta Andijon" magistral kanaliga tashlab kelgan. Joriy yil 29 may kuni soat 7:00 atrofida yashash xonadonidan Qozog‘iston orqali Rossiyaga qonuniy tartibda chiqib ketgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing