Farg‘onada 20 yil qamoqda o‘tirib chiqqan fuqaro odam o‘ldirdi

Jamiyat

image

Farg‘onaning Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro hamshaharini tanasiga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Oqibatda u vafot etdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro Atatov jazoni ijro etish muassasasida tanishgan hamshahari Mirzayev bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Oldin ham 20 yil qamoqda o‘tirib chiqqan Atatov sherigi Mirzayevga temir bo‘lagi bilan tan jarohati yetkazgan. 

Shundan so‘ng, u Mirzayevni o‘zi davolamoqchi bo‘lib, 2 kun uni uyda saqlagan. O‘z vaqtida kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli Mirzayev vafot etgan.

Atatovning harakatlari Jinoyat kodeksining 3-qismi “d” bandi bilan malakalanib, ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. Unga nisbatan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

918

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing