Farg‘onada 18 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangani fosh qilindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi tabiiy gazdan noqonuniy tarzda foydalanib kelayotgan mahalliy xususiy korxona aniqlandi. Bu haqda  Davlat Xavfsizlik Xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXXning Farg‘ona viloyat boshqarmasi, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali va “O‘zbekneftgazinspeksiya” Farg‘ona viloyat bo‘limi xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Unda Quvasoy shahrining O‘rmiyon qishlog‘ida mahalliy xususiy korxona tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan holda tabiiy gazga noqonuniy ulanib, 72 dona kasanachilik o‘choqlari yordamida ohak ishlab chiqargani aniqlangan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yilning iyun oyidan joriy yilning mart oyiga qadar korxona tomonidan 18 million 314 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Davlatga yetkazilgan zarar 18 milliard 314 million so‘mni tashkil etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing