Farg‘onada 16 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi
3-sahifa
−
08 avgust 2023
14665Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘zini osib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Kecha, 7 avgust kuni Buvayda tumani “Jiydali” mahallasida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan X.M. uyidagi qo‘shimcha xo‘jalik xonasida o‘zini osgan. Oqibatda u hodisa joyida vafot etgan.
Marhumaning yaqin qarindoshlari so‘nggi vaqtlarda uni ruhiyati buzilib qolganini, o‘smir qiz o‘z joniga qasd qilishida hech kimning aybi yo‘qligini izohlab tushuntirish berishgan.
Aytilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida 18 yoshli qiz o‘zini osib, vafot etgandi.
LiveBarchasi