Farg‘onada 16 yoshli bola qidiruvga berildi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida 16 yoshli bola uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

16 yoshli Jo‘rayev Inomjon joriy yilning 25 avgust kuni Qo‘shtepa tumani, “O‘qchi” MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasi 147-uydan noma’lum tomonga chiqib ketib qaytib kelmagan. 

Bolaning belgilari: bo‘yi 155-160 sm, sochlari qora, ko‘zlari qora. Egnidagi kiyimlari: oq futbolka, qora shortigi, oyog‘ida qora rangli tapochkasi bo‘lgan.

“Inomjonning turar joyi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz: 73-244-02-76, 73-244-02-85, 97-504-42-43  yoki 102”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv

Baholaganlar

501

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing