Farg‘onada 11 yashar qizni zo‘rlab, o‘ldirib ketganlarga hukm o‘qildi
3-sahifa
−
17 yanvar 2024
196932023 yilning iyul oyida Farg‘ona shahrida 11 yashar qizni zo‘rlab, o‘ldirib ketgan voyaga yetmagan shaxslarga hukm o‘qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 15 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida sudlanuvchilar B.X., M.S. va D.A.ga oid jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmi bilan sudlanuvchi M.S.ga Jinoyat kodeksi 25,97-moddasi 2-qismining “v,z,o” bandlari, 118-moddasining 4-qismi, 119-moddasining 4-qismi bilan ushbu Kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Yana bir sudlanuvchi D. A.ga ham xuddi shu moddalar bilan 13 yillik qamoq jazosi tayinlangan.
Uchinchi sudlanuvchi B. X. esa sudlanuvchilar M. S. va D.A. tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar haqida aniq bilgani holda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga aytmasdan, jinoyatni yashirgani uchun Jinoyat kodeksining 241-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilingan. Unga Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismi bilan Kodeksning 62,84 prim 1-moddalari tartibida 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Qayd etilishicha, sud sudlanuvchilarning voyaga yetmaganini hisobga olgan holda hukm chiqargan.
LiveBarchasi