Farg‘onada haydovchi jarima maydonidagi daraxtga o‘zini osmoqchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida aholini ogohlantirmay avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma bekor qlinib, mashinalarni jarima maydoniga olib kirish boshlangani haqida xabar tarqaldi. Kutilmaganda bunday taqiq o‘rnatilishi daromadidan ayrilgan bir haydovchi o‘zini o‘ldirishga uringanda, uni qutqarib qolishgani ham ma’lum qilindi.

Farg‘ona viloyati IIB mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, quyidagilarni ma’lum qildi.

Kecha, 22 iyul kuni soat 16:10 da Farg‘ona shahri va Toshloq tumanlari chegarasida tashkil etilgan karantin postida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB xodimi Sh.A. Toshloq tumanidan Farg‘onaga qarab, harakatlanib kelayotgan toshloqlik fuqaro Yu.N. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinani to‘xtatgan va haydovchidan avtomobilning karantin vaqtida harakatlanishi uchun berilgan ruxsatnomani talab qilgan. Haydovchi esa, xech qanday ruxsatnoma taqdim qila olmagan.

Natijada avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga olib kelinib, Farg‘ona shahar Sanitariya epidimiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan fuqaro Yu.N.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Fuqaro Yu.N. qoidabuzarligi uchun qonunchilikda belgilangan jarima summasini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida jarima maydonidagi daraxtga o‘zini osmoqchi bo‘lgan.

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan fuqaro Yu.N.ning xatti-harakatlari to‘xtatib qolingan.

Ma’lumot o‘rnida, tuman, shahar hokimliklari, viloyat boshqarma va tashkilotlari tomonidan avtotransport vositalarini harakatlanishi uchun joriy etilgan barcha turdagi ruxsatnomalar, ro‘yxatlar, ma’lumotnomalar va stikerlar (Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan stikerlar bundan mustasno) 2020 yil 22 iyul kunidan bekor kilingani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida avtotransport vositalarinnng harakatini cheklangan.

Maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona suitsid

Baholaganlar

506

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing