Farg‘ona YHXB boshlig‘i ishdan olindi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uning ishdan olinishi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. Ahmedov yaqin qarindoshiga tegishli bo‘lgan, davlat raqami 40 081 SBA bo‘lgan Malibu-2 mashinasida sodir etilgan qoidabuzarliklarni qonunga zid ravishda yashirishga uringani fosh etilgan. Avtomashinaga belgilangan jarimalar davlat foydasiga to‘liq undirilgan.

Hozirda mazkur qonunbuzarlikka to‘liq huquqiy baho berish uchun qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida qonunsizlik va korrupsiya avj olayotgani hamda unda yuqoridagi Malibu-2 rusumli avtotransport vositasi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar asossiz bekor qilingani aytilgan xabarlar tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan muqaddam fuqaro O‘.A.ning arizasiga asosan Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, YHXBning 5 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

YHXB Farg'ona IIB Malibu-2 Akmal Ahmedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing