Farg‘ona vodiysida sel kelishi xavfi bor
Jamiyat
−
16 iyul 2021
8768Joriy yilning 17-19 iyul kunlari O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida sel kelishi xavfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida hamda Qirg‘iziston Respublikasining vodiy bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 17-19 iyul kunlarida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘ldi. Ushbu sel oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan ham oqib o‘tdi. Tabiiy ofat oqibatida Qirg‘izistonda ham, O‘zbekistonda ham 8 nafardan fuqaro vafot etdi.
Hodisadan so‘ng Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi va ulardan viloyatning Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Chust va Pop tumanlaridagi dam olish maskanlariga bormaslikni so‘radi.
LiveBarchasi