Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ismoilov Baxtiyor Ahmadjonovich Farg‘ona viloyati prokurori etib tayinlandi.

Ushbu tayinlov Farg‘ona viloyati hokimligida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi yig‘ilish davomida e’lon qilindi.

Baxtiyor Ismoilov 2003-2015 yillar davomida Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2015-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori, 2017-2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

376

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing