Farg‘ona viloyati soliq idoralarida qator tayinlovlar bo‘ldi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralari rahbariyatida qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu hakda O‘zA xabar bermokda.

Shukrulloxon Xolmatxonovich Nisbatxonov - Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ш.Нисбатхонов.jpg

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1992 yilda Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar sohada turli lavozimlarda ishlagan. Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar esa boshqarmaning Soliq majburiyatlarining hisobini yuritish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

 Bahodir Rahmatullayevich Xoliqov - Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Холиков Баходир 2.JPG

U soliq tizimidagi faoliyatini 1994 yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Quvasoy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Nazarjon Jumanazarovich  Polvonov- Quvasoy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.Назаржон Полвонов.JPG

U soliq tizimidagi faoliyatini 2001 yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Qobuljon Abdujambulovich  Abdullayev - Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Абдуллаев Кобулжон.jpg

U soliq tizimidagi faoliyatini 1993 yilda Beshariq tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Beshariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Avazbek O‘rmonovich  Axunov - Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ахунов Авазбек.JPG
U soliq tizimidagi faoliyatini 2008 yilda Quva tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Farg'ona

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing