Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori YTHda halok bo‘ldi
3-sahifa
−
07 fevral 2022
15841Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori M.X. yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat DSB ma’lum qildi.
Joriy yil 4 fevral kuni u o‘zining Lacetti rusumli avtomashinasida YTHna uchragan.
“Voqea haqida xabar topgach, darhol boshqarma rahbariyati va bo‘limdagi xodimlar dastlab voqea joyiga, undan so‘ng esa Respublika shoshilinch tibbiyot ilmiy markazi Farg‘ona filialiga yetib bordilar hamda baxtsiz hodisaga uchragan xodimning yonida bo‘lib, imkon qadar yordam ko‘rsatdilar. Afsuski, tibbiyot xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko‘rilgan choralarga qaramay ushbu xodim vafot etdi”, deyiladi boshqarma xabarida.
Shuningdek, boshqarma rahbariyati va xodimlari marhumning xonadonida bo‘lib, uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan. Ularoila holidan xabar olib turilishini va yordamga hamisha tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi