Farg‘ona viloyati hokimiga yangi “zam” tayinlandi
Jamiyat
−
19 dekabr 2023 7542 1 daqiqa
Burhon Kuldashev Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan viloyat hokimligi ijroiya apparati yig‘ilishida Burhon Kuldashev viloyat jamoatchiligiga tanishtirilgan.
Burhon Kuldashev 1988 yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug‘ilgan, yurisprudensiya yo‘nalishida oliy ma’lumotli. 2010 yildan tayinlovga qadar harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2019 yildan beri viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Jamshid Hotamov boshqa ishga o‘tgani sababli lavozimidan ozod etilgan.
Live
Barchasi