Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
24 may 2021
9427Farg‘ona viloyati hokimining qarori bilan Bahodir Rahmatullayevich Xoliqov viloyat hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 20 fevralidan beri viloyat hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Saidmurod Aminjonov o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgan.
Bahodir Xoliqov 1972 yil 26 yanvarda Rishton tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1994 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Uzoq yillar davomida soliq tizimida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan, Marg‘ilon, Quvasoy va Farg‘ona shaharlari Davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i bo‘lgan.
2019–2020 yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan.
Bahodir Xoliqov 2020 yildan tayinlovga qadar viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi