Farg‘ona viloyati hokimiga ayol kishi maslahatchi bo‘ldi

Jamiyat

image

To‘lqinoy Abdujalilovna Tojiyeva Farg‘ona viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

To‘lqinoy Tojiyeva 1970 yil 31 martda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetida tahsil olgan. 2003–2013 yillarda tumandagi 21, 30, 22-umumta’lim maktablarida direktor, 2015–2018 yillarda viloyat hokimining o‘rinbosari — viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 2018 yildan tayinlovga qadar Bag‘dod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Hozirgacha ushbu lavozimni egallab kelgan Dilnoza Ergasheva Farg‘ona tumani hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing