Farg‘ona shahriga yangi hokim tasdiqlandi
Jamiyat
−
09 fevral 2021 10388 1 daqiqa
Ayni paytda xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifidan so‘ng Farg‘ona shahar hokimi Hamid Ismoilovich Habibidinov va qolgan uch sektor rahbari ham ishdan olingandi.
Live
Barchasi