Farg‘ona kanaliga tushib ketgan mashinadagi uch kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
04 yanvar 2021
19535Kecha, 3 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida Sobalt rusumli avtomobilning yo‘l-transport hodisasiga uchrashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi.
Fuqaro M.X. Sobalt avtomobilini “Kattaboltako‘l” MFY hududida boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, Farg‘ona kanaliga tushib ketgan.
Ushbu avtomashina Farg‘ona kanalidan chiqarib olinganida avtomashina haydovchisi M.X., yo‘lovchilar M.I. va I.I. hodisa joyida vafot etishgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi