Farg‘ona IIB boshlig‘i Mahalla Kengashiga rahbar bo‘ladi

Jamiyat

image

20 yanvar, kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi faoliyatida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida so‘zladi.

“Mahalla rahbariyatini almashtiramiz. Maqomini ham o‘zgartiramiz. Shunda natijasi ham boshqacha bo‘ladi. Tashkilotning quyi pog‘onadagi rolini oshirish kerak.
Bu yil Prezidentda ham, ijro organida ham, Parlamentda ham yoshlar va uning tarbiyasi masalasi birinchi o‘rinda bo‘ladi”, deydi Mirziyoyev.

U shuningdek, Mahalla Kengashiga Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevdek mutaxassis zarurligini aytdi. Mazkur lavozimga Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov munosib ko‘rilayotgani va bu masala atroflicha o‘rganilishini aytdi.

“Nima uchun men bu insonni IIBdagi katta lavozimdan mana shu yerga olib kelyapman. U ham senator bo‘ladi va sizlar bilan birga ishlaydi”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

IIB

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing